Yangiliklar

img
Fri, 01/27/2023 - 23:12

Italiyalik professor universitetimiz olimlari bilan hamkorlik qiladi

Italiyaning Ka'Foskari universiteti professori,  turkolog olim Elizabet Raganini universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Erasmus+ning turkologiya va Markaziy Osiyo madaniyatiga doir loyihalarni muhokama qilish,  birgalikda yangi dasturlar yaratish bo‘yicha rejalar tuzish va albatta,  ToshDO‘TAU talabalariga mazkur sohalarga ois so‘nggi tadqiqotlar haqida ma'ruzalar o‘qishdan iborat.  
Olima turkologiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha ToshDO‘TAUda amalga oshirilayotgan ishlarni olqishladi.  Qisqa vaqt ichida turkiy dunyoda hurmat qozona olgan ta'lim maskani jamoasi bilan tanishganidan mamnunligini bildirdi. 
Raganini xonim "Boburnoma" asarini Yevropada targ‘ib qilish,  asarning ilmiy tadqiqi bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirgan.  Endilikda olima universitetimiz jamoasi bilan birgalikda "Boburnoma"ni barcha tillarda tushunish va o‘rganish mumkin bo‘lgan interaktiv platforma ustida ishlash taklifini bildirdi.  Bu avtobiografik asar tarix,  adabiyot, siyosatshunoslik,  etnografiya,  geografiya,  biologiya va boshqa ko‘plab fan sohalariga daxldor qimmatli madaniy meros sanaladi. Ushbu asarni jahonda keng targ‘ib etish zarurdir.   Italiyalik olimaning bu mavzuga doir ilmiy ishlari ancha salmoqli.  U universitetimiz olimlari bilan hamkorlik qilishdan xursandligi aytdi.