Yangiliklar

img
Sat, 03/11/2023 - 15:11

Ingliz tili o'qituvchilari uchun xalqaro anjuman

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida an'anaviy "TESOL Arabia" xalqaro anjumani bo'lib o'tmoqda. Anjumanda universitetimizning Ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchilari Gulnora Niyozova hamda Roza Turdiyeva ishtirok etishmoqda. TESOL Arabia ELT o'qituvchilariga yuqori samarali kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash, qo'llab-quvvatlashda yordam berish uchun keng e'tirof etilgan professional tashkilotdir. Yigirma yetti yildan buyon "TESOL Arabia" har yili o'tkaziladigan Xalqaro konferensiya,  grantlar, stipendiyalar hamda nashrlar orqali ingliz tili mutaxassislari va o'qituvchilarini  rag'batlantirib keladi. TESOL butun dunyo bo'ylab ajoyib o'sish va tadqiqot sohasidir. Albatta, ushbu nufuzli tashkilot tomonidan o'tkaziladigan konferensiyalarda ishtirok etish uchun butun dunyodan ishtirokchilar saralab olinadi. 
Konferensiyada ishtirok etib, turli mahorat darslaridan o'tib qaytgach, universitetimiz ustozlari ham o'z tajribalarni hamkasblari, talabalariga o'rgatishlariga va birgalikda soha rivoji uchun samarali mehnat qilishlariga ishonamiz!