Yangiliklar

img
Fri, 02/17/2023 - 12:12

Ilm-fan sohasida ayollarning tutgan o‘rni

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovasiyalar” to'g'risida rezolyusiyada 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e'lon qildi.
Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ushbu sana munosabati bilan "Ilm-fan sohasida ayollarning tutgan o‘rni" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.  
Bugun ushbu davra suhbatini   Universitet xotin-qizlari masallari bo‘yicha rektor maslahatchisi Jo‘rayeva Gulnoza Axmatovna ochib berdi. Axmatovna o‘z so‘zida davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan so‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarga muvofiq ayollarning jamiyatdagi o’rni ortib bormoqda.


Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma qarori bilan roʻyxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingi boʻyicha birinchi 300 ta oʻrindan birini egallagan oliy taʼlim muassasalarida olingan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tan olish rejalashtirilmoqda. Ilm yoʻlini tanlash kishidan ulkan jasorat va irodani talab etadi. Chunki bir marta yashash imkoniyati berilgan umrni fanning sir-asrorlarini ochish, xalq, Vatan, umuman, insoniyat uchun manfaatli qirralarini kashf qilishga bagʻishlash insonning matonatidan, qatʼiyatidan darak beradi. Shu bois bu zahmatli va mashaqqatli yoʻlni tanlash baxti faqat xos kishilargagina nasib etadi. Ularning koʻp yillik ogʻir aqliy mehnati samarasini roʻyobga chiqarish esa ilmparvar davlat va jamiyatning oʻtmish, bugun va kelajak oldidagi burchidir.