Yangiliklar

img
Wed, 03/06/2024 - 11:17

Hamid Arasli tavalludining 115 yilligi nishonlandi

Hamid Arasli  atoqli Ozarbayjon navoiyshunos olimi, akademik, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, o‘zbek-ozar adabiy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan  yirik adabiyotshunos olimdir 
Joriy yilning 6-mart kuni Hamid Arasli tavalludining 115 yilligi Ozarboyjonning Ganja shahrida keng nishonlandi. Hamid Arasli  o‘tgan asrning 60-70-yillarda  ozarbayjon adabiyoti tarixini yaratish,  o‘rta maktablar uchun qator darsliklar tayyorlash ishlariga boshchilik qilgan. 
Ulug‘ olimga bagishlangan tantanali tadbirda mamlakatlarning peshqadam adabiyotshunos olimlari, davlat va jamoat arboblari Hamid Araslining ibratli umr yo‘li haqida o‘z taassurotlari va xotiralari bn o‘rtoqlashdilar.  
Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Ganja bo‘limi tomonidan buyuk ijodkor, navoiyshunos olim, akademik Hamid Arasli tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlab “Akademik Hamid Arasli va Ozarbayjon adabiyotshunosligi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov boshchiligidagi universitetimiz olimlari ishtirok etdilar. Akademik Shuhrat Sirojiddinov, professorlar Nozliya Normurodova, Gulbahor Ashurova  Hamid Araslining o‘zbek olimlari bn hamkorlik aloqalari, Alisher Navoiyning Ozarbayjon adabiyotiga ta’siri va O‘zbekistonda bo‘yicha amalga oshirgan ishlari haqida ma’ruza qildilar.
Ozarbayjon va O‘zbekiston olimlari kelgusida ilmiy-adabiy aloqalarni yanada rivojlantirish va hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.