Yangiliklar

img
Fri, 03/03/2023 - 18:42

Go'zallik, donolik va uddaburonlik bellashuvi

Bahor go‘zallik va nafosat fasli.  Ko‘klamning ilk ayyomi aynan ayollarimizga atalganida ham ramziy ma'no bordek.  Ushbu sana munosabati bilan har yili ta'lim maskanimizda "Universitet malikasi"  ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. Ushbu tanlovda bir-biridan go‘zal,  orasta va aqlli qizlarimiz o‘zaro turli shartlar bo‘yicha bellashadilar. 
Ayni kunlarda  bu ajoyib ko‘rik tanlovning fakultet bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.  
O‘zbek filologiyasi fakultetida ham "Universitet malikasi" bellashuvining fakultet bosqichi o‘tkazildi.  Tanlovning universitet bosqichiga 2-kurs talabalari : Qahramonova Sabina, Abdullayeva Mohistara yo'llanma olishdi. 

Kuni kecha Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti ham go‘zallar o‘zaro bellashdilar. yakuniy natijalarga ko'ra Sevinchboni Eshboyeva hamda Hulkar Sodiqjonovalar yakuniy tanlovda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.

O'zbek tili ta'limi fakulteti talaba qizlari o'rtasida bo'lib o'tgan tanlov ayniqsa esda qolarli bo'ldi. Bir-biridan chaqqon, uddaburon, aqlli va zukko qizlar orasida Iroda Qurbonboyeva va Farangiz Raimberdiyeva keyingi bosqichga yo'llanma olishdi.

Ona tili va adabiyoti ta'limi fakultetida bo'lib o'tgan saralashda 108-guruh talabasi Xasanova Gulsoraxon Furkatjon qizi, 307-guruh talabasi Safoyeva Iroda Foziljon qizi, 301-guruh talabasi Rajapova Xulkaroy Atabek qizi yakuniy bosqichga yo'llanma oldilar. 

Yaqin kunlarda "Universitet malikasi" ko'rik tanlovining yakuniy turi o'tkaziladi va g'olib nomi aniq bo'ladi. Barcha ishtirokchi qizlarimizga omad tilab qolamiz.