Yangiliklar

img
Wed, 04/24/2024 - 10:19

G'arbiy Kaspiy universiteti vakillari ToshDO'TAUda

Joriy yilning 23-aprel kuni universitetimizda  Ozarbayjonning G‘arbiy Kaspiy universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Saltanat Agayeva va ilmiy bo‘lim boshlig‘i Gulnara Mamedova mehmon bo'ldilar. Ularni ToshDO'TAU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Nozliya Normurodova boshchiligidagi vakillarimiz kutib oldilar.  G'KU ToshDO‘TAUning eng yaqin hamkorlaridan biri sanaladi. Bu universitet Osiyo OTMlarida orasida birinchilardan bo'lib THE (Times Higher Education) tashkilotining Impact reytinglarida munosib o'rin egallagan va bir qancha xalqaro reytinglarda ham yuqori natijalar qayd etgan. G'KU nafaqat ta'lim sifati, balki jahonning ko'plab ijtimoiy va global muammolarini hal etishda jonbozlik ko'rsatib kelmoqda. Talabalar va pedagoglarning ijtimoiy-siyosiy, ekologik va ma'naviy tafakkurini kengaytirish, ayni yo'nalishlarda amaliy faoliyatlar olib borishda G'KU tajribasini o'rganish ToshDO'TAU uchun har jihatdan foydalidir. Mazkur uchrashuvda universitetimizda tashkil etilgan "ProofReading and Academic Sciences" markazi rahbari B.Elov ham qatnashib, 
G‘arbiy Kaspiy universitetida mavjud ilmiy ishlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan Tadqiqot va innovatsiyalar markazi faoliyati bo'yicha ma'lumot oldi. "ProofReading and Academic Sciences" markazi ToshDO'TAU olimlari va yosh tadqiqotchilariga  oʻz ilmiy ishlarini tahlildan oʻtkazish, Scopus, WoS singari nufuzli ilmiy bazalarida nashr qilishga  koʻmaklashadi. Bu esa o'z navbatida universitetimiz olimlarining xalqaro ilmiy maydonda yuqori ko'rsatkichlarni qayd etishlariga va ilmiy jamoatchilik tomonidan e'tirof qozonishlariga yordam beradi. Natijada universitetning xalqaro reytinglardagi o'rni yaxshilanadi. Muzokaralar chog‘ida G‘KU bilan hamkorlikda konferensiya tashkil etish va bu konferensiya maqolalarini Scopus bazasida indeksatsiya qilish masalasi ham muhokama qilindi. Bundan tashqari G‘KU olimlari bilan hammualliflikda yuqori impakt-faktorli, nufuzli ilmiy bazalarda indekslangan jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha ham reja tuzildi.