Yangiliklar

img
Wed, 03/01/2023 - 14:52

Eng yaxshi husnixat egasi

2023-yilning 1-mart kuni  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi fakulteti talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi husnixat egasi” tanlovi o'tkazildi. Arab xattotligi bo'yicha o'tkazilgan mazkur  tanlov Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Nigora Sulaymonova tomonidan tashkillashtirildi, unda 50ga yaqin talabalar go‘zal, nafis  arab yozuvida bitilgan ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etdilar. 
Tadbir avvalida yig'ilganlarga arab yozuvi, uning tarixi va bugungi kuni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Ustozlar talabalarning chiroyli yozuv san’ati asoslarini o’zlashtirishga bo’lgan harakatlarini qo’llab quvvatlab, kelgusida buyuk xattotlarning munosib vorislari sifatida xattotlik san'ati bo'yicha yuksak natijalarga erishishlariga umid bildirib qoldilar. Tanlov g‘oliblari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.