Yangiliklar

img
Thu, 02/16/2023 - 11:54

Dunyo boburshunoslari Andijonda

2023-yil 15-fevral kuni Аndijon shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi tantanalari doirasida “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotdagi oʼrni” mavzusidagi xalqaro anjuman boʼlib oʼtdi. Аnjumanni Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov olib bordi. 
Аnjumanda Hindiston, Eron, Turkiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Ozarbayjon, Rossiya va Аmerika Qoʼshma Shtatlaridan kelgan boburshunos olimlar, qator davlatlar elchixonalarining vakillari ishtirok etishdi. Bundan tashqari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti unversiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, professor Zulxumor Xolmanova ham ishtirok etdi.