Yangiliklar

img
Wed, 01/25/2023 - 17:42

Davlat tili — birligimiz va borligimiz ramzi

O‘zbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti majlislar zalida 2023-yil 23 - yanvar kuni “Ma’naviyat va marifat darsi” tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2022-yil 22 - dekabrdagi ichki ishlar organlari xodimlari uchun “Ma’naviyat va marifat darsi”ning 2023-yil 1-choragiga mo‘ljallangan mavzular rejasidagi navbatdagi “DAVLAT TILI – BIRLIGIMIZ, BORLIGIMIZ RAMZI” mavzusini O‘zbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti barcha shaxsiy tarkibi e’tiboriga yetkazish maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti  O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Davlatyor Jumashev va Jumanazar O‘razovlar taklif etildi.
“Ma’naviyat va marifat darsi” O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrashidan boshlanib, so‘ng shaxsiy tarkibga mavzuni keng yoritib berish masadida so‘z navbati Departamentga taklif etilgan ma'ruzachi J.T.Shermuhammedovga berildi.
Taklif etilgan mehmonlar, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti  O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi Davlatyor Jumashev va  Jumanazar O‘razovlar o‘zining sermazmun va qiziqarli ma’ruzasi hamda o’zi tomonidan tayorlangan slaydlari bilan chiqish qilib, mazkur mavzuni o‘z fikr-mulohazalari va boy hayotiy tajribasi orqali Departament shaxsiy tarkibiga keng yoritib berdi.
Ma’ruzachi so‘zning oxirida, Departament boshlig’i o‘rinbosari va shaxsiy tarkibining qiziqtirgan barcha savollariga javob berib o‘tdi.
Dars yakunida navbatdagi  “Ma’naviyat va marifat darsi”ning “JADIDLAR JASORATI – MILLATIMIZ FAXRIDIR” mavzusini shaxsiy tarkibiga keng yetkazish va yoritib berish vazifasi jazoni ijro etish departamenti Axborot texnalogiyalarini rivojlantirish bo‘limiga yuklatilganligi to‘g‘risida eslatib o‘tildi.