Yangiliklar

img
Fri, 12/24/2021 - 16:58

“Bu ajib lahzalar” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida “Bu ajib  lahzalar” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi. Tadbirni maʼnaviyat ishlari boʻyicha dekan muovini A. Qurbonov olib bordi.  Tadbirda talabalarning badiiy chiqishlari namoyish etildi. 
Shuningdek tadbirda yil davomida oʻzini har jihatdan namoyon etgan, universitet miqyosidagi ijtimoiy-maʼnaviy ishlarda oʻzini koʻrsatgan faol talabalarga tashakkurnomalar topshirildi. 
Adabiy-badiiy kechada talabalar, tyutorlar ishtirok etdi.