Yangiliklar

img
Mon, 01/30/2023 - 22:17

Bobur tavalludining 540 yilligi arafasida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvarda qabul qilingan "Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi Farmoni 
ijrosini uchun hududlarda munosib hozirlik ko’rilmoqda. 
Buyuk ajdodimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini, uning yosh avlodimiz intellektual va ma'naviy salohiyatini oshirish, 
farzandlarimizni shu asosda Yangi O'zbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan o'rni va ta'sirini inobatga olib, Bobur Mirzoning ilmiy va ijodiy 
merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur o'rganish va targ'ib etish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ham tashviqot ishlarini jadal olib bormoqda. 
Xususan, bugun Farg’ona davlat universitetida ToshDO‘TAU kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori Gulnoza Jurayeva Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash bo’yicha tashkil etilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida Filologiya fakulteti jamoasi bilan Bobur shaxsi,  ijodi borasida fikr almashildi.