Yangiliklar

img
Tue, 09/13/2022 - 14:10

Birinchi kurs maktabi tadbirlari o'tkazilmoqda

Oliy ta'lim muassasida o'qish qanday tashkil etiladi, talabalar uchun qanday imkoniyatlar mavjud, talabalarning majburiyatlari nimalardan iborat? shu va shu kabi savollarga javob berish uchun  ikki hafta mobaynida "Birinchi kurs maktabi" tadbirlari o'tkaziladi. 
2022-yil 12-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti dekani Baxtiyor Abdushukurov, dekan o'rinbosarlari hamda fakultet tarkibidagi kafedra mudirlari bilan 1-kurs talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda talabalar fakultetda olib borilayotgan ishlar, fan to'garaklari, kafedralar faoliyati va kredit modul tizimi haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.