Yangiliklar

img
Wed, 09/21/2022 - 18:15

"Birinchi kurs maktabi" marosimi o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun "Birinchi kurs maktabi" marosimi o'tkazildi. Marosimda universitetning Talabalar uyushmasi a'zolari tomonidan universitet haqida umumiy ma'lumotlar berildi, talabalarni qiynovchi tashkiliy masalalarga doir muhim taqdimotlar qilindi. Universitet tarixi, rahbariyati, ta'lim tizimi, o'quv jarayoni, xalqaro munosabatlardagi faolligi, qayd etgan natijalaridan tortib, binoning tuzilishi, muhim bo'lim va ofislarning joylashuvigacha tushuntirildi. 
Universitet hayotiga doir videofilm namoyish etildi. Eng muhimi birinchi bosqich talabalari qalbida orzularidagi maskanning haqiqiy a'zosi bo'lish barobarida bundan faxrlanayotganliklari aniq ko'rindi. O'ylaymizki, ular universitetimizni nafaqat Respublikamizda, balki jahonda ham yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishida kamarbasta bo'ladilar.