Yangiliklar

img
Sat, 08/27/2022 - 23:26

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to`lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun ko`rsatgan g`amxo`rligi, xalqchil siyosati natijasida 2022/2023 o`quv yili uchun barcha yo`nalishlar bo`yicha to`lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo`ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining to`lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno  tariqasida,  2022/2023 o`quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to`lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o`quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 o`quv yili tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt miqdorlari o`tgan o`quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o`zgarishsiz qoladi.