Yangiliklar

img
Fri, 03/01/2024 - 20:28

Bahor va nafosat kuychisi

1-mart – shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kun. Shu munosabat  bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida turkum tadbirlar boʻlib oʻtdi. 
Erta tongdan bir guruh talabalar ustozlari bilan birga Adiblar xiyobonidagi Zulfiyaxonim haykali poyiga gulchambarlar qoʻyishdi, mushoiralar tashkil etildi. 
U pokiza ishqni, yashashga kuch bergan muhabbatni, suyangani sadoqatni, onalikning beg‘ubor tuyg‘ularini she’rga soldi.
Ko‘klamning moʻjizakor lahzalarini, o‘rik gullarining iforini, yomg‘ir tomchilarining shivirini tinglay oldi. Bu sehrli ohanglar satrlarda o‘z ifodasini topdi. Bu bejiz emasdi. Chunki u bahorning ilk kunida dunyoga kelgan edi!

 

Bugungi sana munosabati bilan O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari: Sh.Isayeva, N.Musulmonova, O.Abdulhakimova, Y.Shirinova, X.Kadirova, G.Iskandarova, D.Elovalar tomonidan  2-TTJda “Bahor keldi seni so‘roqlab...” nomli davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda shoira Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Talabalar shoira ijodidan namunalar aytishdi. Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon to‘g‘risida ishlangan film haqidagi ko‘rsatuv tomosha qilindi va fikr-mushohada yuritildi. Zulfiyaxonim ijodidan rus tiliga tarjima qilingan she’rlardan parchalar o‘qildi. Tadbir talabalarda va tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.