Yangiliklar

img
Thu, 03/02/2023 - 16:37

Axborot-resurs markaziga yangi kitoblar sovg'a qilindi

O‘zbek adabiyotining yetuk munaqqidi, milliy uyg‘onish davri ilmiy maktabi asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimov tavalludiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan olimning 3 jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i nashr etildi.
2023-yil 2-mart kuni nashr mas’ullaridan biri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor  Nurboy Jabborov tashabbusi bilan “O‘zbek adabiyoti tarixi” kafedrasi nomidan olimning “Tanlangan asarlar”ining  har biri o‘n ikki donadan (jami 36 ta)   universitet Axborot-resurs markaziga taqdim etildi. B.Qosimovning milliy adabiyot tarixi yuzasidan zahmatli mehnatlari mahsuli bo‘lgan mazkur kitoblar talabalarga  keng bilim olishlariga imkoniyat yaratadi.