Yangiliklar

img
Tue, 02/20/2024 - 20:04

Alisher Navoiy va yoshlar tarbiyasi

2024-yilning 20-fevral kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining ma’ruzalar zalida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov “Alisher Navoiy va yoshlar tarbiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma'ruzada Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim  muassasalarining professor-oʻqituvchilari, talabalari ishtirok etdi. 
Shuhrat Sirojiddinov o‘z ma'ruzasida Navoiy ijodining jahoniy ahamiyati, yosh avlod tarbiyasida Alisher Navoiy asarlarining naqadar muhim o‘rin tutishini qayd etdi. Davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini belgilab berarkan, Uchinchi Renessans — Yangi Uyg‘onish davrining mustahkam poydevori Alisher Navoiydek ulug‘ ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy va betimsol ijodi hamda adabiy merosini keng o‘rganish va o‘rgatish, ayniqsa, yosh avlod qalbiga singdirish ustuvor vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratadi. Yosh avlod qalbida ana shunday boqiy manbalardan bahramandlik, ulardagi milliy va umuminsoniy g‘oyalarga daxldorlik, ayni paytda bundan chinakam iftixor qilish tuyg‘usini kamol toptirish hozir har qachongidan ham dolzarbdir. Shu bois Alisher Navoiy ijodiga qiziqish, uni tadqiqi etishga ehtiyoj mamlakatimizdan tashqarida ham ortib bormoqda. Bu borada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, dunyo navoiyshunoslarining eng yirik anjumaniga aylangan "Alisher Navoiy va XXI asr" konferensiyaning maqsadi, ahamiyati batafsil tushuntirib berildi. 

 

Zotan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning o‘zi ta’kidlaganidek, “... biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi”. Bu g‘oya esa buyuk mutafakkir bobomiz Alisher  Navoiy ijodining o‘zagini tashkil etadi.