Yangiliklar

img
Sat, 05/28/2022 - 12:30

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti 6 yilligi munosabati bilan Yaponiya ilmiy akademiyasi akademigi va Kioto universiteti faxriy professori Eiji Manoning tabrik so’zi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti 6 yilligi munosabati bilan Yaponiya ilmiy akademiyasi akademigi va Kioto universiteti faxriy professori Eiji Manoning tabrik so’zi

 

- Аvvalambor oʼzimni tanishtirishga ijozat bering. Men Yaponiya ilmiy akademiyasi akademigi va Kioto universiteti faxriy professori Eiji Manoman. Mutaxassisligim Markaziy Osiyo tarixi va turkiy filologiya, xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning “Boburnoma” asarini filologik sohasini oʼrganishdir. Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilganining olti yilligiga bagʼishlangan tantanali marosimda ishtirok etishga taklif qilganingiz va ushbu universitetning olti yillik yubileyi bilan tabriklashga imkon berganingiz uchun tashakkur izhor etaman. Taklifingizdan bagʼoyat mamnunman. Barchangizni universitet tashkil topganining olti yillik munosabati bilan muborakbod etaman. 2016-yilda ushbu universitet tashkil etilishidan koʼzlangan asosiy maqsad milliy qadriyatlarni tiklash va Oʼzbekistonning Markaziy Osiyo xalqlari madaniy, maʼrifiy va ilmiy markazi sifatidagi yetakchi mavqeini tiklashdan iborat ekanligidan xabardorman. Universitet vazifalari orasida turkiy lahjalar boʼyicha qiyosiy va tadqiqot ishlari, oʼzbek tili va adabiyoti boʼyicha xalqaro miqyosdagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish menda katta qiziqish uygʼotdi. Universitet haqida hozirda ushbu universitet aʼzosi boʼlgan doktor Ziyodaxon Teshaboeva orqali maʼlumotga ega boʼldim. Umid qilamanki, universitet yanada rivojlanishda davom etadi va turkshunoslik, ayniqsa turkiy filologiya rivojiga katta hissa qoʼshadi. Barchangizga tashakkur izhor etib, Yaponiya ilmiy akademiyasi akademigi va Kioto universiteti faxriy professori Eiji Mano.