Yangiliklar

img
Fri, 09/02/2022 - 18:01

ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI UCHUN YANA BIR YENGILLIK

Barcha davlat oliy taʼlim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarning oliy taʼlim olishi uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyat sabab yangi oʻquv yilida barcha oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmadi. 

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 oʻquv yili uchun barcha davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.

Quyidagi jadval orqali yoʻnalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Yuklab olish