Yangiliklar

img
Mon, 09/12/2022 - 14:25

"4+2" ta'lim shakli - nazariya va amaliyotning uyg'unligi

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida” gi PF-134-sonli Farmonining 7-bandida hamda 2022-yil 21- iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ – 289- Qarorining 2-bandida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 2 - 4-bosqich talabalari uchun haftalik oʼquv mashgʼulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida amaliyot oʼtash tartibida olib borilishini taʼminlash vazifasi koʼrsatilgan edi. 
Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetida Prezident Farmoni va Qarorida koʼrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi: 
1.  Pedagog tayyorlaydigan taʼlim yoʼnalishlari malaka talablari “4+2” ga moslashtirilgan yangidan ishlab chiqildi. 
2.   Pedagog tayyorlaydigan taʼlim yoʼnalishlari oʼquv rejalari yangi talabalar asosida ishlab chiqildi.
3.   Pedagog tayyorlaydigan taʼlim yoʼnalishlari uchun “4+2” malakaviy amaliyoti dasturlari ishlab chiqildi.
4.  Mos taʼlim muassasalari bilan shartnomalar tuzildi.
Xususan, 2022-yil 12-sentabrdan boshlab Oʼzbek tili taʼlimi fakulteti Oʼzga tilli guruhlarda oʼzbek tili taʼlim yoʼnalishi 2-kurs talabalari Yakkasaroy tumanidagi 89-maktabga, Mirobod tumanidagi 328, 94, 83-maktablarga, Olmazor tumanidagi 42-maktabga “4+2” tartibidagi amaliyotlarni oʼtash uchun yetib borishdi. Talabalar amaliyot rahbarlari D.Hidoyatova, X.Qodirova, N.Musulmonova, G.Iskandarova, M.Shodmonovalar ishtirokida maktab rahbari va oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari bilan suhbatlashishdi. Maktablar rahbariyati va malakaviy amaliyot rahbarlari talabalarni biriktirilgan oʼqituvchilarga taqsimlash, amaliyotni toʼgʼri va samarali tashkil etish boʼyicha muhim masalalarni kelishib olishdi.
 Talabalarimiz birinchi kundanoq darslarni kuzatishga, maktabdagi pedagogik jarayon bilan tanishishga kirishib ketishdi. “4+2” tartibidagi malakaviy amaliyot jarayonlari yuzasidan xabarlar berib boramiz.