Yangiliklar

img
Thu, 12/23/2021 - 17:47

“Yangi yil sarhisobi” bayram tadbiri oʻtkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining birinchi kurs talabalari uchun “Yangi yil sarhisobi” shou bayram  tadbiri oʻtkazildi. Tadbir birinchi kurslarning qiziqarli chiqishlari bilan koʻtarinki ruhda oʻtdi. Ayniqsa  goʻzal raqs va “Quvnoqlar va zukkolar” shousi talabalarning katta olqishiga sazovor boʻldi. Tadbir soʻngida har jihatdan faol, universitet ijtimoiy hayotida oʻz hissani qoʻshayotgan talabalar “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlandi.