Universitetning 10 yilligi keng nishonlandi
2026-yil 13-may kuni oliy ta’lim muassasasida o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat hukmron bo‘ldi. Universitet tashkil etilganligining shonli 10 yillik qutlug‘ sanasi munosabati bilan keng qamrovli va chuqur mazmun-mohiyatga ega bo‘lgan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Aynan shu o‘n yillik tarix davomida bosib o‘tilgan sharafli yo‘lni sarhisob qilish, muassasaning shakllanishiga hissa qo‘shgan insonlarni e’tirof etish hamda yosh avlod qalbida oliygohning 10 yillik zafarli odimlariga nisbatan faxr tuyg‘usini yuksaltirish tadbirning bosh g‘oyasiga aylandi.
Tadbirni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Gulnoza Jo‘rayeva tashkil etdi hamda o‘zining tantanali tabrik nutqi bilan ochib berdi. Birinchi prorektor o‘z so‘zida oliygohning 10 yil davomida erishgan salmoqli yutuqlari, ta’lim va tarbiya sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda xalqaro maydonda qisqa muddatda qozonilgan nufuzi haqida to‘xtalib o‘tdi. Gulnoza Jo'rayeva ushbu o‘n yillik muvaffaqiyatlar ortida butun jamoaning, ayniqsa, kecha-yu kunduz mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning fidokorona xizmatlari yotganini alohida ta’kidlab, barchani ushbu tarixiy 10 yillik dovon bilan qutladi va kelgusi rejalarni amalga oshirishda ulkan zafarlar tiladi.
Ushbu qutlug‘ 10 yillik sana arafasida uzoq yillik samarali mehnat ko‘rsatgan hamda talabalar hayotida muhim o‘rin tutadigan ijtimoiy-ma’naviy jarayonlarda o‘z faolligini namoyon etgan ustozlar va ishchi-xodimlarni munosib rag‘batlantirish choralari ko‘rildi. Universitet kasaba uyushmasi tomonidan muassasaning 10 yillik rivojlanish davrida ma’naviy va ma’rifiy ishlarda alohida jonbozlik ko‘rsatgan, yoshlar tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi ustozlarga hamda xodimlarga maxsus tayyorlangan qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bu kabi e’tibor jamoa o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, ahillik va o‘tgan 10 yillik an’analarga bo‘lgan sadoqat hissini yana-da mustahkamlashga xizmak qilishi shubhasizdir.

Tadbirning eng hayajonli va jo‘shqin qismi talaba-yoshlar uchun bag‘ishlangan ulkan musiqiy dasturga ulanib ketdi. Oliygohning 10 yillik tantanasiga maxsus mehmon sifatida taklif etilgan el sevgan taniqli xonanda Shuhrat Daryo o‘zining betakror va dildosh taronalari bilan davraga o‘zgacha fayz kiritdi. San’atkor ijrosidagi jonli, mumtoz va vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar zalda yig‘ilgan barcha yoshlarni va ustozlarni birdek raqsga chorladi. Yoshlik energiyasi va go‘zal navolar uyg‘unlashgan ushbu lahzalar talabalarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.


