Yangiliklar

img
Thu, 05/12/2022 - 15:41

Universitetimiz yosh tadqiqotchisi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Abdurahimxo’jayeva Ozoda Najim qizi Xalqaro ilmiy konferensiyada muvafaqqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur anjuman Moskva davlat politexnika universiteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Universitetimiz talabasi ushbu konferensiya gumanitar soha sho’basida eng samarali tadqiqotchilar bilan bir qatorda ma’ruza qildi. Yosh olimaning maqolasi xalqaro ilmiy anjuman to’plamida nashr etiladi.

Ilmiy konferensiya tashkilotchilari dolzarb muammoni yuqori darajada yoritgan va samarali yechim bilan ishtirok etgan bo’lg’usi olima Abdurahimxo’jayeva Ozoda hamda ilmiy rahbari Nilufar Do’stmamatovaga minnatdorchilik bildirdi.