Yangiliklar

img
Thu, 12/23/2021 - 17:34

Tyutorlar uchun maxsus seminar tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tyutorlar uchun maxsus seminar tashkil etildi. Seminarda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori B.Xoliqov soʻzga chiqdi va bugungi kunda tyutorlar oldiga qoʻyilayotgan vazifalar haqida qisqacha toʻxtaldi.  Seminarda respublika tyutorlarining maxsus seminarida ishtirok etgan va tajriba almashib kelgan tyutorlar  qisqacha maʼruzalar qildi. Soʻngra tyutorlar bilan jonli muloqot boʻlib oʻtdi. Ular baʼzi masalalar xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar, yakdil xulosalarga keldilar. 
Bunday seminarlarni muntazam ravishda oʻtkazishga kelishib olindi.