Yangiliklar

img
Wed, 12/28/2022 - 17:42

"Turkiy tillar harbiy terminologiyasi" mavzusida xalqaro seminar

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda "Turkiy tillar harbiy terminologiyasi"  mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.  Seminarni universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov o‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Bugungi ilmiy seminarda O‘zbekiston, Turkiya,  Qozog‘iston,  Ozarbayjon singari turkiy davlatlarning yetuk tilshunos olimlari,  yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Tarixdan ma'lumki,   turkiy xalqlar harbiy sohada katta mahorat sohibi bo‘lganlar.  Turk xoqonligi davridan to temuriylar, usmoniylar singari yirik sulolalar davrigacha ajdodlarimizning jangovar qudrati jahonga tanilgan.  Bu sohaga oid ko‘plab yozma manbalar bugungi kungacha saqlanib qolgan.  Turkiy xalqlarning harbiy sohaga oid mushtarak atamalari, terminlari  juda ulkan xazinadir.  Mazkur yo‘nalishda qator ilmiy izlanishlar olib borgan va borayotgan olimlar Hamidulla Dadaboyev,  Baxtiyor Abdushukurov, Zulxumor Xolmanova, Nozliya Normurodova, Najiye Yildiz,  Sayali Sadiqova, Erkin Emet,  Berdi  Sariyev va boshqa atoqli tilshunoslarning bugungi seminardagi ishtiroki hamda qimmatli fikr-mulohazalari kelgusi yirik tadqiqotlar uchun debocha bo‘ldi.  

Seminar yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan  taklif  va mulohazalar bildirildi,  muhim qarorlar  qabul  qilindi.