Yangiliklar

img
Fri, 06/19/2026 - 10:52

ToshDO‘TAU professorlari Chexiyada

Bugundan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilarining Chexiya Respublikasidagi Amaliy fanlar va menejment bo‘yicha Yevropa institutida xalqaro stajirovka doirasidagi o‘quv seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

Mazkur xalqaro malaka oshirish dasturida universitetimiz huzuridagi PKQTMOTM rahbari, professor Zulxumor Mirzayeva O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi professori Orzugul Hamroyeva hamda O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Oqila To‘raqulova va Mahfuza Tuychiyeva ishtirok etmoqda.

Tajribali xorijlik professorlar tomonidan olib borilayotgan o‘quv dasturi zamonaviy ta’lim tizimining dolzarb yo‘nalishlarini qamrab olgan. Xususan, mashg‘ulotlarda ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, andragogik va inklyuziv ta’limning zamonaviy yondashuvlari, innovatsion o‘qitish metodlari, baholash va test topshiriqlarini ishlab chiqish metodikasi, ta’limda kommunikatsiya va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha kompetensiyalarni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

  

Xalqaro modullar asosida tashkil etilgan mazkur stajirovka professor-o‘qituvchilarga ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish imkonini bermoqda.

Ushbu xalqaro dastur universitet professor-o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini takomillashtirish va oliygohning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.