Yangiliklar

img
Mon, 11/07/2022 - 20:59

Tarjima muammolariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining "O'zbek milliy asarlarini chet tillariga tarjima qilish va targ'ib qilishning dolzarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiya yalpi majlisida ToshDO‘TAU rektori Sh.Sirojiddinov,  Samarqand davlat chet tillari instituti rektori I.To‘xtasinov,  O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S.Sayyid,  O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi direktori I.Soliyev, Toshkentdagi Singapur menejmentini rivojlantirish instituti, frilans tarjimon N. To‘xtasinovalar nutq so'zladilar!

Konferensiyada tarjimadagi muammolar, tarjimon tayyorlash borasidagi dolzarb masalalar va tarjimani san'at darajasiga aylantirish borasidagi lisoniy omillar yoritib berildi!