Talabalar uchun onlayn so'rovnoma boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2025–2026 o‘quv yili doirasida ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish hamda talabalar fikr va takliflarini o‘rganish maqsadida keng qamrovli onlayn so‘rovnoma tashkil etilmoqda.
So‘rovnoma orqali ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilar faoliyati, o‘quv-uslubiy ta’minot, infratuzilma hamda talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasi tahlil qilinadi. Olingan natijalar asosida mavjud kamchiliklarni aniqlash va ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
So‘rovnoma muddati: 2026-yil 9-fevral – 14-fevral
Barcha talabalar faol ishtirok etishga taklif etiladi. Har bir talaba so‘rovnomada faqat bir marotaba qatnashishi mumkin. Savollarga xolisona va to‘liq javob berish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Sizning fikringiz universitet rivoji va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

