Yangiliklar

img
Mon, 02/21/2022 - 18:13

Tajriba - yuksalish va samara garovi

Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Jumanova Zulxumar Ortiqovna Moskva davlat politexnika universitetida amaliyot o‘tamoqda, uning maqsadi chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ish tajribasini almashish, amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini sinovdan o‘tkazishdir.  ToshDO‘TAU rektori tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlikning natijasi o‘laroq ikki tomonlama almashinuv bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Zulxumor Ortiqovnaning ushbu safari o‘quv va ilmiy jabhalarda tajribalarini oshirish, qo‘shma dastur va loyihalarda, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va davra suhbatlarida ishtirok etish, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni ko'zda tutgan.