Yangiliklar

img
Sat, 05/16/2026 - 16:40

Professorlarimiz Urganchda mahorat darsi o'tkazishdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professorlari Islomjon Yoqubov hamda Tozagul Matyaqubova Urganch davlat pedagogika institutida Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdilar.

Mashg‘ulot davomida talabalarga o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligining dolzarb masalalari, ilmiy tadqiqot metodlari, adabiy tahlil tamoyillari hamda zamonaviy filologiyaning muhim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Professor Islomjon Yoqubov o‘zbek adabiyotshunosligi, badiiy tafakkur va zamonaviy filologiyaning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy-nazariy fikrlarini bildirib o‘tdi. Professor Tozagul Matyaqubova esa filologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, pedagogik faoliyat hamda ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha talabalarga amaliy tavsiyalar berdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ustozlarning boy ilmiy-pedagogik tajribasidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.