Yangiliklar

img
Fri, 07/03/2026 - 16:31

O‘zbek tili multikorpusi: innovatsion loyiha tanlovda e’tirof etildi

OʻzR Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 160-son qarori asosida tashkil etilgan “Intellektual faoliyat boʻyicha” respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichida Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professori Manzura Abjalova oʻzining “uzcorpora.uz – o‘zbek tili multikorpusi uchun yaratilgan dasturiy ta’minot va uning lingvistik ma’lumotlari bazalari” loyihasi bilan “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” nominatsiyasida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: uzcorpora.uz – O‘zbek tili multikorpusi o‘zbek tilining turli davr, uslub va janrlariga oid matnlarni yig‘ish, saqlash, avtomatik qayta ishlash, lingvistik annotatsiyalash, qidirish va statistik tahlil qilish uchun yaratilgan dasturiy ta'minot hamda ko‘p tarmoqli lingvistik ma’lumotlar bazasi. Platforma ta’lim jarayoni, ilmiy tadqiqotlar, korpus va kompyuter lingvistikasi, NLP (tabiiy tilni qayta ishlash), sun’iy intellekt, leksikografiya, terminologiya va sotsiolingvistika uchun muhim empirik manba sanaladi. Tizim o‘zaro integratsiyalashgan 20 ta subkorpusdan iborat bo‘lib, badiiy, publitsistik, ilmiy, rasmiy, ta’limiy, tarixiy, diniy, dialektal, og‘zaki nutq va mualliflik korpuslarini qamrab oladi. Ushbu ma’lumotlar bazalari chat-botlar, avtomatik tarjima, semantik va morfologik tahlil, sentiment tahlili hamda axborot qidiruv tizimlarini yaratishda muhim resurs vazifasini bajaradi. Multikorpus o‘zbek tilini sinxron va diaxron jihatdan kompleks o‘rganish imkonini beradi.

Koʻp tarmoqli ma’lumotlar bazasiga ega uzcorpora.uz – O‘zbek tili multikorpusi (http://uzcorpora.uz/) yordamida o‘zbek tilining turli davr, uslub, janr va kommunikativ qatlamlariga oid katta hajmdagi matnlarni yig‘ish, saqlash, avtomatik qayta ishlash, lingvistik annotatsiyalash, qidirish, statistik tahlil qilish va ilmiy tadqiqotlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturiy kompleks hamda lingvistik ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

Mazkur loyiha oʻzbek tilini raqamlashtirish, sun’iy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) yoʻnalishidagi tadqiqotlar uchun zarur infratuzilmani yaratishga qaratilgan.

Komissiya a’zolari tomonidan oʻzbek tili multikorpusi qamrovi, imkoniyatlari va qidiruv natijalari boʻyicha qilingan ishlar salmoqli hamda juda foydali boʻlgani ta’kidlandi.