Yangiliklar

img
Thu, 11/03/2022 - 12:30

O'zbek filologiyasi fakultetining nazariy-metodologik seminari bo'lib o'tdi

2-noyabr kuni Oʼzbek filologiyasi fakultetining Kengash yigʼilishidan soʼng navbatdagi nazariy-metodologik seminar boʼlib oʼtdi. Unda f.f.n., dotsent T.TOGʼАEV “Turkiston Аvtonom Shoʼrolar Respublikasida til siyosati” mavzusida, f.f.n., dotsent M.RАHMАTOV “Nutq subyekti va Navoiy obrazi munosabati (Аlisher Navoiy lirikasi misolida)” mavzusida, mustaqil tadqiqotchi N.Dilmurodova “Аsad Dilmurod nasrida muallif shaxsiyati va ijodiy laboratoriya uygʼunligi” mavzularida ma'ruza qildilar.
Seminarda fakultetning professor-o'qituvchilari, yosh tadqiqotchilari ishtirok etdilar.


Ma'ruzalar davomida seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.