Yangiliklar

img
Wed, 03/29/2023 - 18:56

Navbatdagi seminarda adabiyotshunoslarning ma'ruzalari tinglandi

2023-yil 29-mart kuni Oʻzbek filologiyasi fakultetining Kengash yigʻilishidan soʻng an'anaviy  nazariy-metodologik seminar boʻlib oʻtdi. 
Seminarda filologiya fanlari doktori Umida Rasulova “Togʻay Murod ijodi”, tayanch doktorant Lola Qo‘ziboyeva "Mustaqillik davri oʻzbek dramalarida diniy-maʼrifiy syujet” yana bir tayanch doktorant Mohigul Ergasheva “Begali Qosimov ijodining biografik omillari” mavzularida ma'ruza qildilar. Ma'ruzalarda tadqiqotchilarning eng yangi ilmiy izlanishlari natijalaridan iborat muhim masalalar ilgari surildi.
Nazariy-metodologik seminarda nafaqat fakultet jamoasi, balki mavzuga quziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin. Bu seminarlar hamisha ilmiy bahslarga boy, dolzarb mavzularni qamrab oladi. Shu nuqtayi nazardan uning universitet ilmiy hayotidagi o‘rni beqiyosdir.