Yangiliklar

img
Tue, 05/24/2022 - 22:33

"Mo'yqalam sehri" rasmlar tanlovining g'oliblari bilan tanishing!

Xabaringiz bor, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 6 yilligi munosabati bilan 17-may kuni bakalavriat talabalari o'rtasida  “Mo’yqalam sehri” rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi. Mazkur tanlovda 20 ga yaqin yosh ijodkorlar ishtirok etdi.

"Mo’yqalam sehri " rasmlar tanlovida topshirilgan ijodiy ishlar tanlov bosh hakami Kamoliddin Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn instituti ilmiy tadqiqotchisi, "Duel" respublika ijodiy ishlar tanlovi g'olibi Javohir Niyazov boshchiligidagi komissiya tomonidan o’rganib chiqildi va g’oliblar aniqlandi. Natijalar bilan tanishing!
I o'rinni O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti 2-kurs talabasi Qosimova Muslima,


II o'rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-kurs talabasi Xujanova Durdona,


III o'rinni Amaliy filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Qarshiboyev Bahodir qo’lga kiritdi.

G’oliblarni tabriklaymiz va ularga ijodiy zafarlar tilab qolamiz! Mukofotlar joriy yilning 28-may kuni tantanali taqdirlash marosimida g‘oliblarga topshiriladi.