Yangiliklar

img
Wed, 04/05/2023 - 13:54

Ma’naviy iqlim o‘zgarishlari

O'zbek filologiyasi fakultetida tashkil etilgan "Yosh munaqqid" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. Bu gal to'garak a'zolari  Eshqobil Shukurning „Olomon“ hikoyasini tahlil qildilar. Mashg'ulotni Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo‘raqulov hamda PhD Komiljon Hamroyevlar olib borishdi. 
Bu to'garak mashg'ulotida hikoya janrida yozilgan asarlarni tahlil qilish, taqriz yozish, interpretatsiya jarayoni haqida fikr almashildi. Tahlildagi turlicha yondashuvlar, yangicha fikrlash, zamonaviy jamiyatning tanazzuli masalasi, ommaviy savodsizlik va axloqsizlikka qarshi kurashda adabiyotning o'rni xususida so'z bordi.   Bugunning odami dunyoning narigi chekkasida nima bo‘layotganini, hatto koinotda ne hodisalar kechayotganini yaxshi biladi, lekin o‘zini bilmaydi. Bu odam million xil mayda-chuydalar-u temir-tersaklar ichida izg‘ib, tobora o‘zidan uzoqlashib borayotgani ajablanarli. Insoniyatni bunday ruhiy va axloqiy halokatdan qutqaruvchi kuch bu badiiy adabiyotdir degan fikr  bugungi to'garak a'zolarining yakdil xulosasi bo'ldi.