Yangiliklar

img
Thu, 12/23/2021 - 11:25

Hisobot yigʻini oʻtkazildi

Joriy yilning 22-noyabr Til nazariyasi kafedrasida 2-kurs “Lingvistika” mutaxassisligi magistrantlarining pedagogik amaliyoti hisobot yigʻini oʻtkazildi. Magistrantlar universitetdagi ilk pedagogik faoliyatlari mazmuni, amalga oshirgan ishlari xususida hisobot berdilar. Kafedra professor-oʻqituvchilari  tomonidan magistrantlarga faoliyat bilan bogʻliq savollar beridi. 
Hisobotlar oʻqib eshittirilgach, kafedra aʼzolarining  magistrantlar pedagogik faoliyatiga qoʻyilgan baholar eʼlon qilindi. Shuningdek, yig’ilishda  ustozlar magistrantlarga faoliyat yo’nalishlarni qanday olib borish kerakligi haqida o’z fikr mulohazalarini bildirib, o‘zlarining qimmatli maslahatlarini  berishdi.