Yangiliklar

img
Wed, 12/22/2021 - 16:47

Hamid Olimjon tavalludining 112 yilligiga bagʻishlangan tanlov

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qo'mitasi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda Hamid Olimjon tavalludining 112 yilligiga bagʻishlab, Bunda bulbul kitob oʻqiydi mavzusidagi kitobxonlik tanlovi tashkil etildi. Tanlovda universitetimizning faol va ijodkor talabalari hamda "Hilol" to'garagining a'zolari Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi dotsenti Olim Usmonov boshchiligida ishtirok etdilar. 

Tanlovda munosib qatnashgan va g'olib bo'lgan talabalarimiz qo'mitaning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.