Yangiliklar

img
Wed, 04/26/2023 - 15:33

Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti

26-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti Ona tili va adabiyot ta’limi kafedrasi  tomonidan “Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti” mavzusidagi VII an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi. 
Taraqqiyot va o'zgarishlar mamlakatning ko'plab sohalariga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ta'sir ko'rsatsa, ushbu o'zgarishlardan ta'sirlanadigan va taraqqiyot jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan soha ta’lim tizimi hisoblanadi. Bugungi global raqobat muhitida barqaror o'sish uchun davlatlar ushbu davr talablariga javob beradigan shaxslarni o'qitishi kerak. Shu sababli, mamlakatlar o'zlarining ta'lim dasturlarini tayyorlash jarayonida yuz beradigan o'zgarishlar va yangi jarayonlarni hisobga olishlari kerak. Shu ma'noda mazkur an'anaviy konferensiyaning ham ahamiyati beqiyosdir. 


Anjumanning yalpi majlisida so'zga chiqqan universitet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Bahodir Xoliqov globallashuv faqat iqtisodiy va siyosiy sohada emas, balki ijtimoiy, madaniy, huquqiy, ta'lim va turizm kabi ko'plab sohalarda ham o’z ta'sirini ko’rsatishini, adabiy ta'lim, til ta'limi millat kelajagiga daxldor ekanligini alohida ta'kidladi.

 
Uzoq yillar o'zbek adabiyotini o'qitish bo'yicha izlanishlar olib borgan, taniqli olima, pedagogika fanlari doktori, professor Roza Niyozmetovani  qutlug' 60 yoshni qarshilashi munosabati bilan anjuman qatnashchilari muborakbod etishdi.

Yalpi majlisda, shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor B.To‘xliyev, pedagogika fanlari doktori, professor O.Jamoliddinova, pedagogika fanlari doktori, professor S.Matchonov, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim X. Nazirova, MMTV tasarrufidagi filologiya maktabi oliy toifali o‘qituvchi  Sh.Toshmirzayevalar ham so'zga chiqib, hozirgi milliy ta'lim tizimi, xususan, ona tili va adabiyot ta'limi haqida qiziqarli ma'ruzalar qilishdi.