Yangiliklar

img
Wed, 12/22/2021 - 16:43

Fakultetda she‘riyat kechasi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy filologiya fakultetida she‘riyatga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir “besh tashabbus” doirasida o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, "Standart" jurnali mas‘ul muharriri, shoira Zilola Xo‘janiyozova tashrif buyurdi. Tadbirni Amaliy filologiya fakulteti dekani prof. S. Muhamedova ochib berdi. So‘ngra shoira o‘z hayot va ijod yo‘li haqida batafsil gapirib berdi. Ijodkor talabalar tomonidan shoira qalamiga mansub she‘rlardan na‘munalar o‘qildi. Shoiraning fikrlari, tavsiyalari, tahlillari ijodkor talabalar uchun qimmatli bo‘ldi. 
Ishtirok etganlar ushbu she‘riyat kechasidan ma‘naviy hordiq oldilar.