Yangiliklar

img
Thu, 02/26/2026 - 15:17

Diqqat tanlov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari diqqatiga.

Startap loyihalar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining saralash bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi. Tanlov talabalarning innovatsion tafakkurini qo‘llab-quvvatlash, amaliy ahamiyatga ega g‘oyalarni startap loyihalarga aylantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Tanlov maqsadi
Talabalarning innovatsion, amaliy ahamiyatga ega va startapga aylantirilishi mumkin bo‘lgan kreativ g‘oyalarini aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash.

Ishtirokchilar
– Bakalavriat bosqichi talabalari
– Magistratura bosqichi talabalari

Har bir talaba muallif sifatida faqat bitta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

Respublika bosqichi mukofotlari
1-o‘rin – 100 mln so‘m
2-o‘rin – 50 mln so‘mdan (2 ta)
3-o‘rin – 25 mln so‘mdan (4 ta)

Umumiy grant miqdori – 300 million so‘mgacha.

Hujjatlar qabul qilish muddati
1-aprelga qadar

Murojaat uchun
Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi
Mas’ul: Safarov Chorshanbi
Tel.: +998 99 073 62 63

Kreativ g‘oyangizni real loyihaga aylantiring.
G‘oyangiz – kelajak innovatsiyasi sari muhim qadam.