Devonxona bo'limi

img

Turabov Ismoil Mirzaval O'g'li

Tug‘ilgan sanasi: 28.01.1997

Millati: O'zbek

E-mail: info@navoiy-uni.uz

Kontakt: +998 71 281 45 11

Qabul kunlari:  10:00 - 17:00

Dushanba-Juma

MA'LUMOT

  • Universitetga keluvchi hujjatlarni to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
  • Universitetdan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta‘minlash;
  • Rektor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish,ularni varaqchaga qayd etish va ma‘lum qilish uchun topshirish;
  • Rektor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
  • Rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib,to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
  • Fuqarolar  murojaatlari bo‘yicha hujjatlarni ro‘yxatga olish,ularning ijrosi bo‘yicha nazorat kartochkalarini belgilangan tartibda yuritilishini ta‘minlash;
  • Fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish va hisobini olib borish,iro muddatini ta’minlash, Ilmiy Kengashga har oyda,Vazirlikka har chorak yakunining 5-sanasidan kechiktirmasdan hisobotlarni taqdim etib borish;
  • Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.
     

Devonxona bo‘limi mudiri
Ta’lim:
2015-2019

Bakalavriat:  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Ish faoliyati:
2020 – 2021

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi uslubchisi
2021 – hozirgi paytgacha 
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Devonxona bo‘limi mudiri
Hozirgi ish joyi:
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Devonxona bo‘limi mudiri

Devonxona bo'limi

Universitetga kelib tushadigan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ijrochiga tarqatish.
Vazifalari:

  • Universitet ish yuritishiga mas’ul hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining dasturi orqali va tashqaridan kirib kelayotgan hujjatlarni, ma’lumotlarni olish;
  • Xatlar va hujjatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqib uni ichki hujjat almashinuv dasturiga kiritish;
  • Zudlik bilan rektorga yetib borishini va imzodan  o‘tishini ta’minlash;
  • Shu paytning o‘zida ijrochilarning o‘zlariga yetib borishi, hamda ijro nazoratini olib borish;
  • Universitetdan chiqib ketayotgan har bir xatlarni ko‘zdan kechirib  qayd qilish; 
  • Hujjatlar yig‘ma jildini to‘plash. 

Huquq va majburiyatlari:

  • Universitetda barcha hujjatlarini belgilangan tartibda yuritilishini, boshqa bo‘limlar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etish va yuritish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan yozma murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga nazorat kartochkasi ochib, rahbariyatga kiritish, so‘ngra ijrochiga ijro uchun yetkazish, 
  • Har chorak vazirlikka hisobot berib borish; 
  • Devonxonaga kelib tushayotgan hujjatlarni o‘z vaqtida, ularni to‘liqliligini tekshirib belgilangan tartibda qabul qilish, 1b, 2b, 3b, 4b kartochkalar  rasmiylashtirish va rahbariyatga kiritish
  • nazoratga olish uchun ichki nazorat va monitoring bolimiga va ijrochiga yetkazib berish.

Bo'limda  ish olib borish tartibi

  • Universitetda ish yuritish ishlarini olib borish va takomillashtirish.
  • Kirish hujjatlarini qayd qilish va ular bilan ishlashni to'g'ri tashkil qilish.
  • Yuqori tashkilotlar, universitet rektorining farmoyishlari, buyruqlari va fuqarolar arizalarining bajarilishini nazorat qilishni ta'minlash.
  • Ish yuritish jarayonida tashkil topgan hujjatlardan foydalanish va ularni saqlashni ta'minlaydi.
  • Xatlarni qabul qilish va yuborish.
  • Universitet raxbariyatiga va bo'limlariga hujjatlar, fuqarolar arizalarini taqsimlash, ularni qayd etish va ijrosini muntazam nazorat qilish.
  • Universitet bo'limlari ish yuritish xizmati xodimlari (laborant, kotiba) ishlarini nazorat qilish ularga uslubiy ham amaliy yordam berish.