Yangiliklar

img
Fri, 04/10/2026 - 18:45

“Ajdodlar izidan: Samarqand ziyorati – tarix bilan suhbat”

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Manzura Abjalova boshchiligida Amaliy filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari Samarqand shahriga ziyorat safarini amalga oshirdilar.

Mazkur safar buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini munosib nishonlash, u zotning maqbarasini ziyorat qilish maqsadida tashkil etildi. Safar talabalar tashabbusi va istaklari asosida yo‘lga qo‘yildi.

Ziyorat Imom Buxoriy majmuasidan boshlandi. Shundan so‘ng Go‘ri Amir maqbarasi, Registon majmuasi, Bibixonim madrasasi, Shohizinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi hamda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasi ziyorat qilindi. 

Samarqandning musaffo havosi, moviy osmoni va ko‘kalamzor tabiati tarixiy obidalar bilan uyg‘unlashib, talabalarda chuqur taassurot qoldirdi. Ushbu safar ularda g‘urur, faxr va ma’naviy yuksalish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

 

Ma’naviy sayohat nihoyatda maroqli va esda qolarli tarzda o‘tdi. Shuningdek, safarning payshanba kuniga to‘g‘ri kelgani va mamlakatimizda “Yoshlar kuni” bilan hamohang bo‘lgani unga yanada o‘ziga xos mazmun bag‘ishladi.