img

Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich

O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani


Filologiya fanlari doktori, professor Аbdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich 2018-yildan buyon Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan avval u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Bosh ilmiy xodimi, O‘zbekiston Milliy universitetining Til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, Surxondaryo viloyati O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani vazifalarida faoliyat yuritgan. 

Baxtiyor Аbdushukurov Toshkent davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar instituti, O‘zbek tili va adabiyoti instituti hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

Taniqli turkolog va leksikolog olim Baxtiyor Bo‘ronovichning100dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari e'lon qilingan. Jumladan, 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 3 ta oʼquv qo‘llanma, 3 ta risola, 90dan ziyod ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir. Ilmiy ishlari Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Аmerika, Rossiya singari xorijiy davlatlarda eʼlon qilingan. 2016 yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni sohibi bo‘lgan.

Baxtiyor Аbdushukurov “International journal for innovative engineering and management research” (Hindiston) jurnali, “Oltin bitiglar” (O‘zbekiston) jurnali, “O‘zbekiston: til va madaniyat” (O‘zbekiston) jurnali kabi ilmiy nashrlar tahririyat a'zosidir.