Иностранные студенты
Universitetimiz xorijlik va uyidan uzoqda bo'lgan talabalar uchun g‘amxo‘r maskandir. Mahalliy talabami yoki xorijlik - bundan qat'i nazar, biz talabalar uchun yaratgan muhit qulay hamda yoqimli.
ToshDO‘TAUda ta’lim olish oson emas, lekin umuman olganda , bu ajoyib muassasa! U shahar markaziga juda ham yaqin, universitet jamoasi ham mehmondo'st va har doim yordamga shay. Shahar ham, universitet ham muvozanatli turmush tarziga ega, bu yerda ijtimoiy va ilmiy muhit ajoyib. Har bir kursda professorlar maxsus material, tadqiqot va eksperimentlar orqali o'qitishga katta e’tibor berishadi . Nazariyani amaliyotga tatbiq qilish uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud, bu esa bitiruvchilar uchun bebaho tajriba beradi hamda shunday noyob kadr sifatida keyinchalik ishga joylashadilar. Rayan Shvaytser , AQSH, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Fulbrayt dasturi talabasi, tadqiqotchisi .
|
ToshDO‘TAU ta’lim olish uchun ajoyib maskan! Men bu universitetda ta’limni osonlashtirishga yordam beruvchi ko'plab professorlarni uchratdim . Akademik qat'iylik juda aniq, hatto o'qituvchilar har qanday holatda ham o'z vaqtida tayyor bo'lishlari shart . Men Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasida ko'p yillar davomida ishlayotgan professorlarni uchratdim, ular mening o'qish jarayonim va talabalikdagi muvaffaqqiyatlarim haqida chin dildan qayg'urishlari yoqimli. Li Di, Xitoy, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi. |
ToshDO‘TAU darslariga qatnashar ekanman , o'zimni g‘amxo‘r muhitda, qolaversa, biroz talabchanlikni his qildim. Men yo'limda juda ko'p qiyinchiliklarga duch keldim , bu menga shaxsiy va akademik jihatdan o'sishimga yordam beradi . Ushbu universitetni tanlab adashmaganimga ko'p marotaba ishonch hosil qildim, chunki bu maskan mening kelajakdagi maqsadlarim va intilishlarim yo’lida qat’iy harakat qilishga undadi . Krista Joy , AQSH |
Aslida universitet juda yoqdi, ayniqsa, kampus xilma – xiillikka ega va xodimlar juda samimiy, eng yaxshi mezbonlar. Men o'zimni katta jamiyatga qo'shilgandek his qilyapman , hattoki umuman begona bo'lsam ham. Universitet jamoasi akademik muvaffaqiyat va ruhiy salomatlik bo'yicha juda katta yordam beradi. Kristin Robinson ,AQSH |
Men xorijlik talaba sifatida hayotimni keskin o‘zgartirishga tayyor edim va o'ylaymanki, men bu jarayonga boshqalardan ko'ra yaxshiroq tayyorgarlik ko'rganman. Hayratlanarlisi esa men bu bu yerda umuman hayajonlanmadim. Umuman olganda, tajriba haqiqatdan ham ajoyib bo‘ldi. Ta’lim mobaynida Siz muntazam ravishda rejalashtirsangiz va mashq qilsangiz , ishni oson bajara olasiz. Universitet xodimlari kutganingizdan ko‘ra samimiy va mehmondo'st. Menga o'xshagan chet ellik talaba uchun bu Siz topa oladigan eng yaxshi ta’lim dargohi deb ayta olaman. Yan Oka ,Polsha |
Ushbu universitetda o’qiyotganimga 3 yil bo’ldi va shu vaqt davomida ilmga chanqoq talabalarni uchratdim, ular bilan do’st tutindim. Shuni aytishim joizki, universitet o’qituvchilari doimo qiziqarli darslar olib borish bilan birga bizga o’zbek urf-odatlari va madaniyatlari aks etgan mavzular bilan tanishtiradilar. Universitetda o’qish jarayonida juda qimmatli tajribaga ega bo’lmoqdaman desam adashmagan bo’laman. Ahmet Bozkurt ,Turkiya |