O'ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O'QITISH FAKULTETI

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi 4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti deb tashkil etildi.

                                                 
      Fakultetda 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu mutaxassislar umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida pedagog, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va boshqa tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida mustaqil tadqiqotchi, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kurslarda, o‘zbek tili va madaniyati markazlarida o‘qituvchi, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarda, vazirlik va tashkilotlar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida kasbiy faoliyat olib boradilar.
       Universitetni tashkil etish haqidagi Farmonda O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetining asosiy vazifalari sifatida o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda umumta’lim maktablari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish belgilangan.
                                                 
      O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida nafaqat kunduzgi, balki sirtqi va kechki shakllarda ham ta’lim olib boriladi. Bularning barchasi fakultetning respublikamiz filologik taʼlim tizimidagi muhim vazifasini yana bir karra tasdiqlaydi.
     Fakultetda 3  kafedra faoliyat olib boradi:

       Fakultetning xorijiy davlatlar va ilmiy tashkilotlar bilan aloqalari ham mustahkam bo‘lib, doimiy ravishda  AQSH Xalqaro rivojlantirish agentligi (USAID) bilan hamkorlikda to‘rt yilga mo‘ljallangan “Barkamollik uchun ta’lim dasturi” doirasida “Anchor Workshop” onlayn o‘quv-seminari tashkil etiladi.
      Fakultetning 3 nafar professor-o‘qituvchisi xalqaro reytingda 1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda ma’ruza qilgani,  O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.d. Zulxumor Mirzayeva FEP dasturi orqali avgust-yanvar oylari AQSHning nufuzli universitetlaridan biri Arkansas (Arkansas Universty) da Adabiyot (“Literature”) yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish imkoniga ega bo‘ldi.
                                                 
  
      Fakultet jamoasi xalqaro hamda respublika miqyosidagi turli ilmiy loyihalarda munosib ishtirok etmoqda. Xususan, Vengriyaning   Eötvös Loránd University bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va adabiyotining xorijdagi targ‘ibi, Alisher Navoiy asarlarining ingliz tiliga tarjimalari masalasi” mavzusidagi “Erasmus+ International Credit Mobility Programm” xalqaro loyihasi (2020-2023), “Turkiy tillarning lingvodidaktik platformasini yaratish”, “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish”, “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” kabilar shular jumlasidandir. 

       Fakultetda nomdor stipendiya sohiblari, “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari, “Yosh kitobxon” respublika tanlovi sovrindorlari tahsil oladi. 

       Fakultetda  42 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 5 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodi ilmiy va pedagogik faoliyat olib boradi. Fakultet professor-o‘qituvchilari amaliy tilshunoslik va o’zbek tilini o‘qitish metodikasi sohasida nafaqat respublikamizda, balki chet mamlakatlarda ham e’tirof etilgan mutaxassislardir.  Hozirgi kunda fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizdan besh nafari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hisoblanadi. 

        Fakultet dekani: filologiya fanlari doktori, professor Laylo Raupova Raximovna.

       2021/2022-o‘quv yilida 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan (Hozirgi o‘zbek adabiy tili, O‘zbek adabiyoti, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi, Ona tilini o‘qitish metodikasi) yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari o‘tkaziladi. Quyidagi havolada dasturni yuklab olishingiz mumkin:
        5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi