“O‘zbek adabiyoti tarixi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi farmonida belgilangan o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodini o‘rganish asosida talaba yoshlarni “Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash” vazifalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Kafedra Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2016-yil O‘zbek filologiyasi fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraning asosiy faoliyatini o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur tadqiq etish, adabiyotimiz tarixi va ajdodlarimiz qoldirgan adabiy-ma’naviy meros mohiyatini talaba yoshlar ongiga singdirish, mumtoz poetika qonuniyatlarini o‘rgatish, adabiyotshunoslik, navoiyshunoslikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borish ularni to‘plash vazifalari tashkil etadi. Kafedraning maqsadi milliy-ma’naviy qadriyatlar, adiblarimiz ilgari surgan ilg‘or g‘oyalar bilan qurollangan, keng kasbiy ko‘nikmaga ega, mustaqil va zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirishdir.
Kafedra mudiri: filologiya fanlari doktori, professor Jabborov Nurboy Abdulhakimovich
Kafedra tarkibi: 5 nafar fan doktori, shundan 4 nafari professor va 5 nafar fan nomzodi, 4 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), shulardan 7 nafari dotsent. Kafedra professor-o'qituvchilari o‘quv, uslubiy, ta’lim-tarbiya muammolari bilan shug‘ullanadi. Ilmiy salohiyat: 89,2%.
Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari
“O‘zbek mumtoz adabiyotini ilmiy o‘rganishga innovatsion tadqiq usullarini joriy etish muammolari” tarzida belgilangan. Kafedra o‘zbek mumtoz adabiyoti ilmiy-nazariy muammolari tadqiqi, xususan, adabiy-madaniy muhit haqidagi qarashlar va ularga munosabat, navoiyshunoslik va uning takomil bosqichlari, mumtoz poetika, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari, milliy uyg‘onish davri adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy o‘rganish va nashr ettirish masalalariga ixtisoslashgan.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari :
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
60230900 - Folklorshunoslik va shevashunoslik
60230700 – Amaliy filologiya
60230900 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
Magistratura mutaxassisliklari uchun:
70230104 - Adabiyotshunoslik (jahon adabiyoti)
70230104 - Adabiyotshunoslik (adabiyot nazariyasi)
70230104 - Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)
Tayanch doktorantura – 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti.
Kafedrada o'qitiladigan fanlar
Tasavvuf va badiiy ijod(60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish)
Adabiyotshunoslik tarixi (70230104 - Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti))
Badiiy matn poetikasi (70230104 - Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti))
Badiiy tahlil asoslari (60230700 – Amaliy filologiya)
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (70230104 - Adabiyotshunoslik (adabiyot nazariyasi))
Mumtoz poetika muammolari (70230104 - Adabiyotshunoslik (jahon adabiyoti))
Navoiyshunoslik (5120100- Filologiya va tillarni o‘qitish)
Mumtoz tarixiy poetika (70230104 - Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)
O‘zbek adaboyoti tarixi (60230900 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik )
O‘zbek adaboyoti tarixi (60230900 - Folklorshunoslik va shevashunoslik)
O‘zbek adabiyoti (60230700 – Amaliy filologiya)
O‘zbek mumtoz adabiyoti muammolari (70230104 - Adabiyotshunoslik (Adabiyot nazariyasi) qishki qabul)
Tasavvuf va badiiy ijod(60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish)