IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

     Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy Kengashi xulosasiga ko’ra 2022-yilda Ijtimoiy gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti deb tashkil etildi. Fakultetda 3  ta’lim yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

 Kompyuter lingvistikasi  mutaxassislari dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya va internet-kompaniyalari; oliy va o`rta maxsus ta’lim tizimi tashkilotlarida dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot olib borish, tashkiliy-boshqaruv faoliyati, konsalting xizmati faoliyati, Respublika davlat va nodavlat nashriyot matbaa uylari, “Elektron hukumat”da axborot-qidiruv tizimlarida kasbiy faoliyat olib boradilar. Mazkur ta'lim yo'nalishida T.Zuparov, Sh.Xamrayeva, B.Elov, O.Abdullayeva, A. Nurumova kabi  soha mutaxassislari talabalarga  saboq beradilar. 

    Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik - o‘zbek matnshunosligining ilmiy-nazariy muammolari tadqiqi, xususan, adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy masalalari, asliyat va tabdil, adabiy manbalarni tadqiq etishda talqin masalasi kabi muammolarni o‘rganishga ixtisoslashgan. Mazkur yo’nalishda matnshunoslik va manbashunoslik sohasida Sh.Sirojiddinov, R.Zohidov, M.Abdulxayrov kabi yirik olimlar talabalarga saboq beradi.

 

 Sotsiologiya - milliy tarbiya negizlariga asoslangan holda yoshlarda o‘zlikni anglash, milliy-ma’naviy merosga hurmat, vatanparvarlik, xalqimizning ezgu an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat fazilatlarini shakllantirish vazifasini maqsad qilgan ta’lim yo’nalishidir. Bu yo’nalishni tamomlagan bitiruvchilar shaxsni o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zini anglash qobiliyatlarini singdirish, ijtimoiy fanlar, tarix, ijtimoiy-falsafiy va siyosiy fanlar, huquq, zamonaviy tabiatshunoslik tushunchalari asosida talabalarning atrofdagi olam haqida yaxlit tasavvurlarini yaratish, milliy tarbiya negizlariga asoslangan holda yoshlarda o‘zlikni anglash, milliy-ma’naviy merosga hurmat, vatanparvarlik, xalqimizning ezgu an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat fazilatlarini shakllantirish singari ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Talabalarga  ushbu ta'lim yo'nalishida I.Aslonov, D.Arapbayeva, S.Haydarov  kabi professor-o'qituvchilar saboq berib borishadi.

    “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorda davlat tilining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog`ida munosib o`rin egallashini ta’minlash, o`zbek tilining kompyuter dasturlarini, yangi o`qitish metodikasiga asoslangan o`zbek tilini bilish darajasini baholashning xalqaro standartini yaratish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish belgilangan. Kompyuter lingvistikasi ta’lim yo‘nalishida kunduzgi  shaklda ta’lim olib boriladi.  Fakultetda 3 ta kafedra faoliyat olib boradi:

    Fakultet jamoasi turli ilmiy loyihalarda munosib ishtirok etmoqda. Xususan, “Turkiy tillarning lingvodidaktik platformasini yaratish”, “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish”, “Axborot-qidiruv tizimlari  (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi ‒ o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” kabi loyihalar shular jumlasidan.  Fakultetda nomdor stipendiya sohiblari, “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari, “Yosh kitobxon” respublika tanlovi sovrindorlari tahsil oladi.  Fakultetda 42 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 5 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodi ilmiy va pedagogik faoliyat olib boradi. Fakultet professor-o‘qituvchilari amaliy tilshunoslik, kompyuter lingvistikasi, axborot texnologiyalari  mutaxassislaridir.   

 Fakultet dekani: texnika fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent Elov Botir Boltayevich