Elov Botir Boltayevich
Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti dekani
Elov Botir Boltayevich - Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti dekani, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 5330100-Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti yo‘nalishi uchun “Dasturiy injenerengi” nomli o‘quv qo‘llanma, “O‘zbek tili semantik analizatorining matematik modellari” monografiyasi muallifi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ona tili – millat g‘ururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovining “Eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar” yo‘nalishida dasturchi sifatida qatnashib, jamoaviy 2-o‘rinni egallagan.
Erasmus+ dasturining “Alisher Navoiy asarlarining tarjima qilinishi va ularning xorijda o‘qitilishi” xalqaro loyihasi, “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasining bajarilishida asosiy ishtirokchilardan bo‘lgan. B.Elov yangi avlod lugʼatlarini yaratish uchun 5 ta leksikografik baza yaratishga rahbarlik qilgan. Bugungi kunda “O‘zbek tilining taʼlimiy korpusini yaratish” amaliy loyihasi ustida ish olib bormoqda. Dasturiy ishlanmalari uchun “O‘zbek tili matnlarining stemming va lemmatizatsiya dasturiy taʼminoti”, “O‘zbek tilining taʼlimiy korpusi”, “Big Data texnologiyasiga asoslangan LMS axborot tizimi”, OnlaynRepititor axborot tizimi maʼlumotlar bazasi” nomli mualliflik guvohnomalarini olgan.
2021-yilda Top 1000 universitetlar ro‘yxatiga kirgan Karabuk universitetida (Turkiya) “Özbek dili milli korpusunun mimarisi ve yazılımı” mavzusida hamda 2022-yilda Top 1000 universitetlar ro‘yxatiga kirgan Marmara universitetida (Turkiya) “Tabiiy tilga ishlov berish” (Doğal dil işlemi) mazusida ma’ruza qilgan.“O‘zbekiston: til va madaniyat. Kompyuter lingvistikasi” jurnali bosh muharriri. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminar a’zosi.