News

img
Fri, 10/28/2022 - 11:59

O'zbek amaliy filologiyasi istiqbollari

Amaliy filologiya kafedrasi tashabbusi  bilan "O'zbek amaliy filologiyasi istiqbollari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiya ZOOM platformasi orqali onlayn va ToshDO'TAU majlislar zalida an'anaviy tarzda tashkil etildi. 
Anjuman mamlakatimiz va xorijda o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini yanada oshirish, o‘zbek tili lisoniy imkoniyatlaridan amaliy foydalanish samaradorligiga erishish, O‘zbekistonda til siyosati va til menejmenti istiqbollarining samarali yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy konseptual natijalarni mujassamlashtirgan izlanishlar orqali sohaga innovatsion tavsiyalar berish, o‘zbek milliy lug‘atchiligini takomillashtirish, o‘zbek milliy terminologiyasi tizimini rivojlantirish, lingvistik ekspertiza masalalari muammolarining amaliy tadqiqini samarali tashkil etish, mamlakatimiz va xorijda o‘zbek tili ta’limi sifatini o‘stirishga ko‘maklashish,
bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini davr talablari darajasiga ko‘tarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi,
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “O‘zbek tilining davlat
tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
Bu ilmiy anjuman O'zbekistonda til siyosati va menejmenti, kompyuter va korpus lingvistikasining amaliy masalalari, lingvistik elspertiza masalalari, amaliy filologiya muammolari yosh tadqiqotchilar nigohida singari sho'balarda ish olib bordi.