Yangiliklar

img
Sat, 01/28/2023 - 21:20

Yakuniy nazoratlar qat'iy nazoratda

Qishki ta'til yakunlanib, yurtimizning barcha ta'lim dargohlarida an'anaviy o'quv jarayonlari boshlandi. Ta'lim muassasalarida hayot qaynamoqda. 
 ToshDO'TAU rahbariyati ta'tildan qaytgan talabalar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini o'rganish maqsadida universitet  fakultetlarida bo'ldi. 
 Hozir universitetda  yakuniy nazorat imtihonlari boshlangan. Bu jarayonlarni adolatli va shaffof o'tkazish, talabalarga qo'shimcha qulayliklar yaratish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun mas'ullar ayni jarayonlarni kuzatdilar  va talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etdilar.  Talabalar murojaatlarini anonim qabul qiluvchi maxsus Telegram bot ishga tushirilgan. Ularning har bir fikr-mulohazalari rahbariyat tomonidan o'rganilib, ijobiy hal etilmoqda. 
 Imtihonlarga tayyorlanish uchun talabalarga alohida mustaqil ta'lim zali ajratilgan. Bu zal yuqori tezlikdagi kompyuterlar bilan jihozlangan va har kuni 9.00 dan 21.00 gacha ishlaydi. 

Bir so'z bilan aytganda, universitetda talabalar o'z ustilarida mustaqil ishlashlari, imtihonlarga puxta tayyorlanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.